Bosh sahifaga qaytish

Ommaviy oferta shartnomasi

Oxirgi yangilanish:

DIQQAT! MUHIM MA’LUMOT!Mazkur hujjat rasmiy ommaviy oferta (taklif) hisoblanadi. Saytdan ro‘yxatdan o‘tish yoki mahsulot uchun to‘lovni amalga oshirish ushbu shartnomaning barcha shartlarini so‘zsiz qabul qilganlikni anglatadi.
1

Umumiy qoidalar

1.1. Mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 369-moddasiga muvofiq, Yakka tartibdagi tadbirkor BOZOROV AKMAL ABDUMALIKOVICH (keyingi o‘rinlarda — "Sotuvchi") tomonidan har qanday jismoniy yoki yuridik shaxsga (keyingi o‘rinlarda — "Xaridor") quyida ko‘rsatilgan shartlar asosida mahsulot sotish bo‘yicha rasmiy ommaviy oferta (taklif) hisoblanadi.

1.2. Xaridor tomonidan chorva-uskuna.uz veb-saytida ro‘yxatdan o‘tish, buyurtmani rasmiylashtirish yoki mahsulot uchun qisman yoxud to‘liq to‘lovni amalga oshirish mazkur Ommaviy ofertaning barcha shartlarini so‘zsiz qabul qilganlik (aksept) deb hisoblanadi.

1.3. Sotuvchi mazkur ofertaga Xaridorni oldindan ogohlantirmasdan o‘zgartirish kiritish huquqiga ega. Xaridor shartnoma shartlarini muntazam ravishda kuzatib borish majburiyatini oladi.

2

Shartnoma predmeti

2.1. Sotuvchi internet-do‘kon katalogida ko‘rsatilgan chorvachilik uskunalari, butlovchi qismlar va turdosh mahsulotlarni (keyingi o‘rinlarda — "Mahsulot") Xaridorga mulk qilib topshirish, Xaridor esa ushbu Mahsulotni qabul qilish va belgilangan pul mablag‘ini to‘lash majburiyatini oladi.

2.2. Saytdagi mahsulotlarning fotosuratlari, texnik xususiyatlari va matnli tavsiflari tanishib chiqish xarakteriga ega. Mahsulotning xossalari bo‘yicha savollar tug‘ilganda, Xaridor buyurtmani rasmiylashtirishdan oldin +998 77 488 21 22 yoki +998 91 007 20 88 telefon raqamlari orqali qo‘llab-quvvatlash xizmagiga murojaat qilishi shart.

3

Buyurtmani rasmiylashtirish

3.1. Buyurtma Xaridor tomonidan sayt interfeysi orqali mustaqil ravishda (mahsulotni "Savat"ga qo‘shish va so‘rovnomani to‘ldirish orqali) yoki telefon raqamlari orqali menejer yordamida rasmiylashtiriladi.

3.2. Buyurtmani rasmiylashtirishda Xaridor o‘zi haqida to‘g‘ri va aniq ma’lumotlarni (Ism-sharif, yetkazib berish manzili, aloqa telefoni) taqdim etishi shart. Noto‘g‘ri ma’lumot berilishi natijasida buyurtma yetkazilmaganligi uchun Sotuvchi javobgarlikni zimmasiga olmaydi.

4

Qiymat va to‘lov tartibi

4.1. Mahsulotlar narxi saytda O‘zbekiston Respublikasining milliy valyutasi — so‘mda ko‘rsatiladi.

4.2. Xaridor mahsulot uchun to‘lovni saytga integratsiya qilingan to‘lov tizimlari (Click/Payme/Uzum/v.b.) orqali naqd pulsiz shaklda yoki Sotuvchi bilan kelishilgan boshqa usullarda amalga oshiradi.

Sotuvchining yuridik rekvizitlari

Tashkilot nomi

YTT "BOZOROV AKMAL ABDUMALIKOVICH"

JSHSHIR

32505801570026

Telefon

+998 99 844 29 03

E-mail

alfamann2022@gmail.com